FAOLLAR ISHTIROKIDA TANQIDIY RUHDAGI OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI
2023-07-17 18:17:33 123
Faollar ishtirokida tanqidiy ruhdagi ochiq muloqot bo’lib o’tdi
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida o’tgan hafta yakuni va berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqotda tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, tuman markazidagi mahallalar beshligi ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida tuman hokimi aksariyat rahbarlar tomonidan ijro intizomiga rioya etmaslik holatlari, berilgan topshiriqlarga nisbatan mas'uliyatsizlik qilish holatlari ko’p uchrayotgani tahlil qilib berildi. Tadbir ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorining alohida bandlari o’qib eshittirildi.
Tadbir jarayonida tuman mahalallaridagi tozalik va ozodalikka rioya etish holatlari ham tahlil etildi. Tumanning Rovon, Istiqlol, Yangiariq, Navobod mahallalarida olib borilgan o’rganish natijalari videolavha orqali namoyish etildi.
Lavhada yuqorida nomi tilga olingan mahallalardagi tozalik va ozodalik, obodonlashtirish ishlarining ahvoli tanqid ostiga oligan. Mutasaddi rahbarlarga mazkur holatlardan tegishli xulosa chiqarish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni takror etmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Ijro intizomiga rioya etmagan mutasaddilarga nisbatan xizmat surishtiruvi o’tkazish topshirig’i berildi.
Tadbirda tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ham so’zga chiqib, yuzaga kelgan holatlarga nisbatan “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili asosida ish olib borish lozimligi alohida qayd etildi. Tadbirda korruptsion holatlarni oldini olish, korruptsiyaga yo’l qo’ymaslik va bu holatlar aniqlaganda korruptsiyaga yo’l qo’ygan rahbarlarga qonuniy chora ko’rish yuzasidan tuman hokimi mutasaddilarga qat'iy ko’rsatmalar berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram