Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIY QISMDA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2023-07-17 18:05:05    179

PDF yuklash
Chop etish


Harbiy qismda tadbir o’tkazildi

Farg’ona viloyati So’x tumanida tuman yoshlar ishlari Agentligining bo’limi tashabbusi bilan ko’p tadbirlar va davra uchrashuvlari o’tkazib kelinmoqda. Maqsad yoshlar bo’sh vaqtini va yozgi ta'til kunlarini mazmunli o’tkazishdan iborat.

Tumanimizda joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy qism hamda Istiqlol mahalla yoshlar yetakchisi Ahmadjon G’oyibov tashabbusi bilan konsert dasturi tashkil etildi. Yoshlar dastur doirasida harbiylarning bir kunlik hayoti bilan tanishdilar.

 

Tashkil etilgan mazkur tadbirda mahallaning yosh san'atkorlari va san'at g’unchalari o’z qo’shiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag’ishlashdi. Ayniqsa, yosh xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi.


- Bu kabi tadbirlarni hamkorlik rejasi asosida muntazam o’tkazamiz. Asosiy maqsad yoshlarning bo’sh vaqtlarini chiroyli, mazmunli o’tkazishdan iborat, - deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Ahmadjon G’oyibov.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram