KAM TA'MINLANGAN VA NOGIRONLIGI BO’LGAN FUQAROLARGA NOGIRONLIK ARAVACHALARI YETKAZIB BERILDI
2023-07-15 17:05:09 167
Kam ta'minlangan fuqarolar va nogironligi bo’lgan fuqarolarga nogironlik aravachalri yetkazib berildi
Kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj, nogironligi bor fuqarolar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’iz ayollar va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va ularga har jabhada moddiy va ma'naviy kumak ko’rsatish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. "Inson qadri uchun" tamoyili mana shunday xayrli amallar orqali kundalik hayotimizda o’z isbotini topayotir.
Tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova tomonidan tumanimizning Qizilqiyoq, Qaqir va Sharqobod mahallalarida istiqomat qilayotgan nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi. Ushbu fuqarolarga nogironlik aravachalari manzilli yetkazib berildi.
Nogironlik aravachalarini qabul qilib olgan fuqarolarmiz albatta, bunday e'tibor va murojaatlari ijobiy hal etilganidan xursand bo’lib, o’z minnatdorliklarini samimiy so’zlar va duolar orqali bildirdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram