Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING SEKTORDAGI SAYYOR QABULIDA FUQAROLARNING MUROJAATLARI O’RGANILDI

×

 2023-07-14 19:12:38    145

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining sektordagi sayyor qabulida fuqarolarning murojaatlari o’rganildi


Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida hududlarda sayyor qabullar o’tkazmoqda.


Tuman hokimining navbatdagi qabuli bugun 1-sektor binosida bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Qabulxonasi mudiri, mas'ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi. 1-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiladigan fuqarolar o’z muammolari xususida tuman hokimiga murojaat etdilar.

 

Sayyor qabulda fuqarolarning mahallalar obodonchiligi va qishloq infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik va sug’orish suvi bilan ta'minlash, elektr energiyasi bilan ta'minlash masalalari va boshqa masalalar bilan bog’liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o’rganib chiqildi.

 

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat mutasaddilar tomonidan o’rganilib, ijrosi ijobiy hal etildi. Ijrosi muddat talab etadigan murorjaatlarning hal etilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram