CHEGARA HUDUDIDAGI XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
2023-07-13 18:32:20 111
Chegara hududidagi xotin-qizlarni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan 2023 yil 17 yanvarda tasdiqlangan “Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturi”ning 26-bandi hamda joriy yilning 2023 yilning 2 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan viloyat ishchi guruhi tomonidan tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
So’x tumanida bo’lib o’tgan targ’ibot tadbirida barcha mahalla fuqarolar yig’inlarning xotin-qizlar ishlari bo’yicha faollari ishtirok etdilar. Tadbir davomida xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o’rnini oshirish, mahallalarda xotin-qizlarning faolligi, tashabbuskorligini yanada yuksaltirish, xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish va ularni oliy ma'lumotli qilish, sohalardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarni to’ldirish, chegara hududidagi xotin-qizlarni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender zuravonlikni oldini olish, gender tengsizlikka barham berish borasida tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
O’tkazilgan mazkur tadbirga viloyat targ’ibot guruhi rahbari S. Alimova, Ma'naviyat va ma'rifat viloyat bo’limi mutaxassisi G. Ahmadaliyeva, viloyat “Qalb nuri” markazining loyihalar buyicha koordinatori G. Mamadjanova, tuman hokimining xotin-qizlar ishlari bo’yicha o’rinbosari M. Safarova, So’x tuman diniy masalalari bo’yicha mas'ul xodimi T. Dodoboyev, Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tuman bo’limi rahbari G. Ibragimov hamda 27-nafar mahalla fuqarolar yig’inlari faollari jalb qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram