VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI MAZMUN-MOHIYATINI JAMOATCHILIKKA YETKAZISH YUZASIDAN SEMINAR O’TKAZILDI
2023-07-11 18:09:19 138
Vazirlar Mahkamasi qarori mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish yuzasidan seminar o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida” 2023 yil 12 iyundagi PF-93-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatda kambag’allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonga tadbirkorlik sub'ektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yilning 7 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 279-sonli “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Tuman hokimligi majlislar zalida mazkur qaror mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi va seminarda viloyat “Agrobank” bosh boshqarmasi vakili Alisher Arintayev, “O’zbekiston pochtasi” AJ Farg’ona viloyati filiali direktori Alijon Ibragimov va So’x tumani hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevlar ishtirok etishdi. Seminarda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, tumandagi banklar rahbariyati, So’x tumani mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi vakillari, mahallalardagi hokim yordamchilari qatnashdi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga qarorning mazmun-mohiyati va asl maqsadi aniq misollar bilan tushuntirib berildi. Tadbir ishtirokchilariga qarorda keltirilgan yangi ish o’rinlarini yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub'ektlarining hamkorlik shartnomalari asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi, hamkorlik shartnomalari loyihalari Adliya vazirligi va uning hududiy bulinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, savdo-sanoat palatasi hamkorlik shartnomalarini tuzgan tadbirkorlik sub'ektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat berishi va ularga hamkorlik shartnomalari to’liq bajarilishi yuzasidan har tomonlama ko’maklashishi, dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub'ektlariga tabaqalashgan miqdorlarda imtiyoz va preferentsiyalar berish tartibi yuzasidan to’liq ma'lumotlar berildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar o’z savollariga mutasaddilardan aniq javoblar oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram