Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRON MAHALLASIDA TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2023-07-11 17:54:38    89

PDF yuklash
Chop etish


Devayron mahallasida tuman hokimi ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi

Aholi murojaatlarini o’rganish, aniqlash va ularni ijobiy ijroga yo’naltirish maqsadida joylarda bevosita tuman hokimi ishtirokida o’tkazilayotgan sayyor qabullar o’zining samarasini bermoqda. Chunki ushbu qabullarda fuqarolar murojaatining aksariyati joyida, imkoni boricha ijobiy hal etilayotir.

Devayron mahalla fuqarolar yig’inidagi 17-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda mahalla fuqarolari tuman hokimiga o’zlarini qiynayotgan muammolar bo’yicha murojaat etdilar. Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi a'zolari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli kredit olish, mahalla obodonchiligi, tibbiy yordam ko’rsatish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar ko’rib chiqildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, mas'ullar tomonidan murojaatlar joyida hal etilib, ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram