Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLAR MUROJAATI E'TIBOR MARKAZIDA

×

 2023-07-08 16:44:02    183

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolar murojaati e'tibor markazida

Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bo’lgan fuqarolar holidan xabar olish va ularga amaliy ko’mak ko’rsatish bo’yicha tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ko’p arzirli ishlar qilinayotir.

- Ayni kunda “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan moddiy yordam so’rab murojaat qilgan fuqarolarga moddiy va amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda. Sektorlar kesimida bevosita sektor rahbarlari ishtirokida bu fuqarolarimizga oziq-ovqat mahsulotlari va ularning farzandlariga kiyim-kechaklar manzilli yetkazib berilyapti, - deydi tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov.

Sektorlar rahbarlari, mahalla beshligi, jamoatchilik vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi xodimlari ishtirokida bugun Lenbur, Qal'acha, Hazrati Ali, Mulgon mahalla fuqarolar yig’inlaridan murojaat qilgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va ularning farzandlariga kiyim-kechaklar manzilli yetkazib berildi.

Mazkur e'tibordan manun bo’lgan fuqarolar samimiy so’zlar va duolar bilan o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram