10-IYULDAN “YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH BO’YICHA DOLZARB 30 KUNLIK" TADBIRLARI BOSHLANADI
2023-07-08 16:29:17 134
10-iyuldan “Yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha dolzarb 30 kunlik" tadbirlari boshlanadi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyul kundagi 418-F-sonli farmoyishiga asosan 2023-yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kunigacha mamlakatimizda “Yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha dolzarb 30 kunlik" tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan.
Tadbir doirasida barcha tumanlarda FVB lari tomonidan yong’in xavfsizligini ta'minlash va yong’in bilan bog’liq turli baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tashkilot va idoralarda, ijtimoiy ob'ektlarda, savdo majmualari va bozorlarda, aholi orasida targ’ibot tadbirlari olib boriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram