Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XGA KELSANGIZ, ALBATTA JAVPAYA TORVUZLARI TA'MINI TOTIB KO’RING

×

 2023-07-08 16:22:01    85

PDF yuklash
Chop etish


So’xga kelsangiz, albatta Javpaya torvuzlari ta'mini totib ko’ring

Tumanimizning Qal'acha mahallasidagi Javpaya mavzesiga tashrif buyurgan har bir inson borki, ezgu tashabbus natijasi va samaralariga albatta rahmat aytadi. Yaxshi niyatlar va ezgu orzular bilan ushbu zaminga qadalgan har bir sabzavot urug’i bugun hosil berishga shay.

- So’x tumani Javpaya massivida tashkil etilgan 200 gektar yangi o’rik bog’i qator orasidan samarali foydalanish maqsadida qishloq xo’jaligi ekinlari ekib parvarish qilinmoqda. Xususan, ushbu bog’ qator oralariga oshqovoq, torvuz, sabzavotlar, dukkakli, moyli va boshqa oziq-ovqatda ishlatiladigan qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan. Bugungi kunda ekilgan oshqovoq va tarvuz ekinlari ushbu massivning tabiiy tuproq iqlim sharoitiga mosligi o’zini isbotladi. Sababi mazkur ekinlarning o’sishi va rivojlanishi mo’l hosil hosil berilishidan darak bermoqda, - deydi tuman hokimining qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov.

Mutaxassislarning fikricha, Javpayada o’rnatilgan tomchilatib sug’orish tizimi orqali ham barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan mo’l-ko’l hosil olish mumkin ekan. Tuman hokimi o’rinbosari bildirishicha, yaqin kunlarda Javpayaning ilk torvuzlari aholimiz dasturxoniga tortiq qilinadi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram