“MEHR DAFTARI”DAGI BOLAJONLARGA 146 MILLION SO’MLIK JIHOZLAR SOVG’A QILINDI
2023-07-07 19:03:22 149
“Mehr daftari”dagi bolajonlarga 146 million so’mlik jihozlar sovg’a qilindi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2022-yil 17-yanvar kungi 26-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan bizning tumanimizda ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanimizda bir guruh “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari o’rganib chiqilib, bugungi kunda ushbu o’rganish asosida tuman “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. “Yo’l xaritasi”ga muvofiq 20 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni muammo hamda orzu-istaklari ro’yobga chiqarildi.
Bugun tuman hokimligi madaniyat markazining majlislar zalida ushbu masalaga bag’ishlab tadbir bo’lib o’tdi va unda boquvchisini yo’qotgan bolajonlarga turli jihozlar taqdim etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho’'basi mudiri Otabek Egamberdiyev va Yusufjon Marufjonov, tuman milliy gvardiya bo’limi boshlig’i Rustamjon Mamadjonov, mahallalar raislari ishtirok etishdi.
Xususan, olti nafar bolalar xonasi uchun jihozlar to’plami, sakkiz nafariga ta'lim olishga yo’naltirish maqsadida dasturlash sohasini o’rganishi uchun noutbuk qurilmasi, bir nafariga tikuvchilik qilish maqsadida tikuv mashinasi, kasb-hunar maktabi to’lov kontraktni, davolanishi uchun moddiy yordam berildi hamda dars tayyorlash xonasi uchun jihozlar to’plami, turt nafariga kir yuvish mashinasi taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram