Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OFTOBRU MAHALLASIDA YANGI OILAVIY-NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-07-07 19:01:33    286

PDF yuklash
Chop etish


Oftobru mahallasida yangi oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Bugun tumanimizda barkamol amvlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotir. Buni barpo etilayotgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida yangi ochilgan “Noziya” oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan bunday muassasalar soni tumanimizda yana bittaga ko’paydi. Mazkur tarbiya dargohini foydalanishga topshirish marosimida mahalla faxriylari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonovalar ishtirok etdilar.

"Noziya" nomi bilan ataladigan bu muassasada 25 nafar bolajonlar tarbiya olishadi va uch nafar tarbiyachilar doimiy ish joyi bilan ta'minlandilar. Taqdimot marosimida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar xususida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonova alohida to’xtalib o’tdi. Tadbir davomida bolajonlar va tadbirkor Behruz Mo’soyevga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram