Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X O’RIKLARIDAN TAYYORLANADIGAN BARGAKLAR TA'MI QANDAYLIGINI BILASIZMI?

×

 2023-07-04 17:57:38    152

PDF yuklash
Chop etish


So’x o’riklaridan tayyorlanadigan bargaklar ta'mi qandayligini bilasizmi?

So’x tumani asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman hisoblanib, tumanda kartoshkachilikning o’ziga xos maktabi yaratilgan. So’xlik mirishkorlar kartoshkachilikni hadisini olgan dehqonlardan sanalishadi.

Shuning barobarida, So’x o’zining shirin va notakror mevalari bilan ham dong taratgan. Ya'ni So’xliklar bog’dorchilikda ham o’ziga xos tajribaga ega bo’lgan mirishkorlardan.

Ma'lumot o’rnida: tuman bo’yicha 3 ta shirkat xo’jaligi tasarrufidagi bog’lar va 37 ta bog’dorchilik fermer xo’jaliklari mavjud bo’lib, jami xo’jaliklarning soni 45 tani tashkil etadi.

Aslida So’xliklar o’rik yetishtirishda ham mahoratli bog’bonlardan hisoblanishadi. Tumanda jami bo’lib 1 430 gektar bog’ maydoni mavjud bo’lib, bundan 738 gektarini o’rikzorlar tashkil etadi. O’rtacha har yili So’xliklar 12 000 tonna va undan yuqori o’rik hosili yig’ishtirib olishadi.

So’xda o’rikdan bargak tayyorlashadi. Bargak ham So’xning tashrif qog’ozi hisoblanadi. Bu eksportbop mahsulot o’zining shifobaxshligi bilan ham ajralib turadi.

“Ozod” shirkat xo’jaligi bog’zorlarida o’rikning “subhoni” navi yetishtiriladi. Mevasi ko’p, ta'mi ham o’zgacha, hosildorligi yuqori va xaridorgirligi bilan dovrug’i olamga doston bo’lgan ushbu o’rikning bargagi asosan Rossiyaning barcha shaharlariga eksport qilinadi.

- 1 gektardan ortiqroq o’rik bog’imiz bor. “Dagarali” fermer xo’jaligiga qarashli ushbu bog’imizda 100 to’pdan ortiqroq o’rik bor. Bir to’p o’rik daraxtidan o’rtacha 300 kolorgramm hosil olamiz. Bir yillik daromadimiz ham yomon emas. 5 nafar oila a'zolarimizning bandligi ta'minlangan. Bu yili Xudo o’z fayzini sochdi. Hosil mo’l. Mehnatimizga yarasha daromad olish niyatimiz bor. Subhoni o’riklardan tashqari, uzum, shaftoli, gilos va Rishtonning qantak o’rigini yetishtiramiz, - deydi biz bilan suhbatda bog’bon Jobirali Ashurov.

Bugun bog’bonlar oltingugurt tutunida tindirib olingan o’riklardan danagini ajratib, bargak qilishmoqda. Olingan daromaddan kuz faslida to’y qilish niyatlari bor. Barcha mirishkorlarning xirmonlariga baraka tilab, ko’nglidagi yaxshi niyatlariga yetishlarini astoydil so’rab qolamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram