JARAYON
2023-07-03 16:49:54 119
JARAYoN
2 iyul kuni Respublikamizda O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan biri – davlat bayrog’i qabul qilinganligiga 31 yil to’ldi. Ushbu sana munosabati bilan joylarda turli tadbirlar o’tkazildi.
“O’zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!”. Mana shu shior ostida vatanimizning barhayot bo’lagi, tabiatan siylangan makon So’x tumanidagi "So’x" bolalar sog’lomlashtirish oromgohida davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlandi.
Tadbirda ishtirok etgan o’quvchilar Vatanni madh etuvchi she'r va qo’shiqlari bilan barchaning e'tirofiga sazovor bo’ldilar. Eng faol talaba yoshlarga tashabbuskorlar tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Ta'kidlash zarurki, davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovshchi muqaddas belgidir. Chunki u xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram