“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ”
2023-06-24 16:07:24 748
“Biz giyohvandlikka qarshimiz”
Barchamizga ma'lumki, 26 iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” deb e'lon qilingan. Bugungi kunda inson hayotiga xavf soluvchi, turli jinoyatlarga yo’l ochuvchi giyohvandlikka qarshi kurash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Aynan ushbu kun munosabati bilan So’x tumani pedagogika kollejida mazkur ta'lim dargohi va ichki ishlar bo’limi hamkorligida targ’ibot-tashviqot tadbiri o’tkazildi.
Tuman ichki ishlar bo’limi vakili Narziddin Dodonarziddinov tomonidan mazkur tadbirda avvalo, giyohvandlik vositalari bilan shug’ullanish yurtimizda qonunan cheklangani va jinoyatga jazo muqarrarligi yoshlarga tushuntirildi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olish, sog’lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish borasidagi targ’ibot hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirishga kelishildi.
Ushbu tadbirda namoyish etilgan videorolik orqali mazkur tadbir ishtirokchilarining giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi bilim va tushunchalarini boyitish bilan birga, ana shu illatga nisbatan murosasiz kurashishga undadi.
Eslatib o’tamiz, ayni kunda Respublika miqyosida xalkaro giyohvand moddalarni iste'mol qilish va noqonuniy aylanishiga karshi kurash munosabati bilan “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram