Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADA YANGI O’ZLASHTIRILGAN MAYDONLARDA 50 SOTIXDAN YER EGASIGA AYLANGAN SO’XLIKLARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRISH TADBIRI KATTA SHODIYONAGA AYLANDI

×

 2023-06-24 15:38:57    78

PDF yuklash
Chop etish










JAVPAYaDA YaNGI O’ZLAShTIRILGAN MAYDONLARDA 50 SOTIXDAN YER EGASIGA AYLANGAN SO’XLIKLARGA SERTIFIKATLAR TOPShIRISh TADBIRI KATTA ShODIYoNAGA AYLANDI

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So’x tumanining Javpaya massivida o’zlashtirilgan yangi yer maydonlarida tashkil etilgan intensiv bog’da bo’lib, kooperatsiya usulida mahalliy aholiga, ishsiz yoshlarga 50 sotixdan ajratib berilgan yer maydonlarining sertifikatlarini egalariga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Foydalanilmayotgan yerlarni o’zlashtirish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, bu yerlarni yoshlarga bo’lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta'minlash maqsadida 2022 yil boshida o’zlashtirishga kirishilgan Javpaya massivida jami 1000 gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilmoqda. Dastlabki bosqichda massivning yuqori qismida tog’lar bag’rida 230 gektar maydonda barpo etilgan, tomchilab sug’orish tizimi joriy etilgan intensiv o’rikzor, 50 sotixdan lotlarga ajratilib, kooperatsiya usulida hududga yaqin yashovchi aholi vakillariga ajratib berildi. O’rik qatorlari oralariga ekilgan poliz ekinlari, oshqovoq, dukkakli ekinlar ilk hosilga kirdi.

Tadbirda so’z olgan Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari bilan So’x tumanida yangi tadbirkorlik, qishloq xo’jaligi muhiti shakllanayotganini qayd etib, bu jarayonda tuman aholisini munosib ish o’rni va daromad manbai bilan ta'minlash ustuvor masala ekanini ta'kidladi.

Javpayada ikkinchi bosqichda yana 400 gektarga yaqin yer maydoni foydalanishga kiritilib, aholiga ajratib berilishi rejalashtirilayotganini bildirgan viloyat hokimi, dengiz sathidan 1200 metrdan baland bo’lgan hududga suv chiqarish uchun qisqa muddatda barpo etilgan ikkita nasos stantsiyasi, joriy etilgan zamonaviy tomchilab sug’orish tizimi, yer maydonlaridan mo’l hosil olishga asos bo’lishini qayd etdi. Kelgusi yildan farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida muhim hisoblangan za'faron yetishtirishni yo’lga qo’yish uchun yer egalariga har tomonlama ko’mak berilishini aytib o’tgan Xayrullo Bozorov, So’x tumani iqtisodiyoti uchun yangi davr boshlanayotganiga e'tibor qaratdi.

Yangi yer egasiga aylangan so’xliklar, jamoatchilik vakillari, oqsoqollar so’z olib, tumandagi so’nggi yillardagi ulkan o’zgarishlar, taqdim etilayotgan daromad topish imkoniyatlaridan mamnuniyatlarini izhor qilib, yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

Katta shodiyonaga aylangan tadbir, kuy-qo’shiqlar va yig’ilganlar ijrosida raqslar bilan uzoq davom etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram