Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AYOLLAR DAFTARI” DAGI XOTIN-QIZLARGA MODDIY VA MA'NAVIY KO’MAK KO’RSATILMOQDA

×

 2023-06-21 14:19:14    145

PDF yuklash
Chop etish


“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlarga moddiy va ma'naviy ko’mak ko’rsatilmoqda


“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha tumanimiz mahallalarida arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman oila va xotin-qizlar bo’limi mutaxassisi Firo’za Marifovaning ma'lumotiga ko’ra, bo’lim mutasaddilari ishtirokida Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida "Ayollar daftari"ning 4-bosiqichga kritilgan xotin-qizlar bilan davra so’hbati o’tkazildi.


Mazkur mahallada 121 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kritilgan.


Shundan, 1-toifa - ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar - 88 nafar;


2-toifa - tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan extiyojmand xotin-qizlar - 5 nafar;


3-toifa - boquvchisi bo’lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar - 3 nafar;


4-toifa - ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo’lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar - 8 nafar;


5-toifa mavjud emas;


6-toifa - qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar - 17 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. 


Hozirgi kunda mahalladagi 80 foiz “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga amaliy yordam ko’rsatildi. 


Tashkil etilgan davra suhbati jarayonida Oftobru mahllasidagi 1-toifadagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar” ruyixatiga olingan 31 nafar xotin-qizlarni qayta kasb-hunarga o’qitib, ularga sertifikatlar taqdim etildi.


2-toifadagi 5 nafar xotin-qizlar tuman “Agrobanki” tomonidan tikuvchilikni rivojlantirish uchun kredit asosida tikuv mashina berilgan va ular ayni kunda tadbirkorlikni boshlagan.


3,4,6-toifadagi boquvchisini yo’qotgan, ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2- guruh nogiron va qaramogida nogiron farzandi bor 16 nafar xotin-qizlar va ayollarga tuman “Xalk Banki”ning “Ayollar daftari” jamg’armasi hisobidan 1 million ikki yuz ming so’m pul mablag’lari plastik kartalariga o’tkazib berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram