Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA BUG’DOY YIG’IM-TERIMI BOSHLANDI

×

 2023-06-20 17:59:48    97

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida bug’doy yig’im-terimi boshlandi

Bugun Sux tumanida g’alla yig’im – terimiga rasman start berildi. Dastavval, “Ozod” shirkat xo’jalgiga qarashli mashina-traktor parkida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda tashkil etilgan otryadlar vakillariga g’allani nest-nobud qilmasdan yig’ishtirib olish vazifasi yuklatildi.

Birinchilardan bo’lib, “Ozod” shirkat xo’jaligi mirishkorlari bu ishga bel bog’lashdi. “Ozod” shirkat xo’jaligi raisi Mo’soboy Sotivoldiyevning aytishicha, shirkat xo’jaligi tasarrufida jami 338 gektar yer maydoni mavjud bo’lib, bundan 140 gektariga rizq ro’zimiz bo’lgan bug’doy ekildi.

Aytish kerakki, qilinayotgan barcha ish va sa'y-xarakatlar o’z natijasini berayapti. Hosildorlik har bir gektardan o’rtacha 55 – 60 tsentnerni tashkil etmoqda.

Ta'kidlash lozim, o’tgan yillarda tumanga g’alla yig’im – terimi uchun mo’ljallangan kombaynlar viloyatmizning boshqa shahar va tumanlardan olib kelinardi. Bu muammo tuman soha mutasaddiylarining sa'y-harakatlari natijasida o’z yechimini topdi. Suxga lizing asosida olib kelingan“Arion Klaas” rusumidagi 4 dona yig’im mashinasi mirishkorlar xizmatida.

Tuman mirishkorlari bir ezgu maqsad – g’allani nest – nobud qilmasdan yetishtirib olib, rejani ortig’i bilan bajarish va boshqa ekinlarni ham parvarishlab, sohada yaxshi natijalarga erishish yo’lida mehnat qilmoqdalar.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram