MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQ
2023-06-20 16:06:59 354
Mualliflik huquqi va turdosh huquq
O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 21-iyuldan O’RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonuni kuchga kirgan. Ushbu qonun 6-bob, 70-moddadan iborat.
Ushbu qonun bilan mualliflik va turdosh huquqlar himoyalangan. Qonunning 5-moddasida mualliflik huquqi ob'ekti tushuncha tariflangan, ya'ni “Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi.”
Ushbu qonunning 6-moddasida mualliflik huquqi ob'ektlari ko’rsatib o’tilgan. Unga ko’ra Quyidagilar mualliflik huquqi obektlaridir:
- adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publitsistik va boshqa asarlar);
- drama va ssenariy asarlari;
- matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
- musiqali drama asarlari;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san'atning boshqa asarlari;
- manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari;
- arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo etish san'ati asarlari;
- fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan asarlar;
- jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
- barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang’ich matn hamda obekt kodida ifodalanishi mumkin bo’lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
- ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.
Ushbu qonunning 12-moddasida hammualliflik tushunchasiga tariff berilgan bo’lib, Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo’lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo’linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat'i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo’ladi.
Qonunning 35-moddasiga asosan Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
36-moddaga asosan muallifning mulkiy huquqlari meros bo’yicha o’tadi. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros bo’yicha o’tmaydi. Muallifning merosxo’rlari ko’rsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir. Merosxo’rlarning ushbu huquqlari muddat bilan cheklanmaydi.
Muallifning merosxo’rlari bo’lmagan taqdirda, uning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklanadi.
Agar asarga bo’lgan mualliflik huquqi bir necha merosxo’rga birgalikda tegishli bo’lsa, asardan foydalanish tartibi ular o’rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda merosxo’rlardan hech biri boshqa merosxo’rlarning asardan foydalanishini yetarli asoslarsiz taqiqlashga haqli emas.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Hususan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 149-moddasiga asosan Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish-tafakkur mulki obektiga nisbatan mualliflik huquqini o’zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obektlari to’g’risidagi ma'lumotlarni ular rasman ro’yxatdan o’tkazilgunga yoki e'lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to’g’rsidagi kodeksning 1771-moddasaga asosan mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish-asarlardan yoki turdosh huquqlar obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e'tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to’g’risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg’on axborotni ko’rsatish, asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa-asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
I.Madaminov - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram