AVTOMAKTAB O’QITUVCHILARI IIV AKADEMIYASIDA MALAKA OSHIRADI
2023-06-19 16:19:22 147
Avtomaktab o’qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi
Haydovchilar tayyorlovchi ta'lim tashkilotlari o’qituvchi va haydovchi-yo’riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom 02.03.2023 yilda Adliya vazirligida 3421 ro’yxat raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
Nizomga ko’ra, ta'lim tashkilotlari o’qituvchi va haydovchi-yo’riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o’qitiladi.
O’quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo’lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.
Mazkur kurslarda o’qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza kelib tushgan kundan e'tiboran 3 ish kuni ichida o’rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o’rtasida shartnoma tuziladi.
To’lov miqdorlari:
haydovchi-yo’riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so’m);
o’qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so’m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so’m).
Tinglovchilarga ularning o’quv jarayonida ishtirokini ta'minlash hamda o’quv dasturlarini o’zlashtirishda tyutor (o’qituvchi-konsultant) yordamlashadi.
Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram