Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR YOZGI SOG’LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA HAR KUNI BAYRAM

×

 2023-06-19 16:15:05    188

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar yozgi sog’lomalashtirish oromgohida har kuni bayram

So’x tumanidagi bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohi bugun butun So’xlik bolajonlarning sevimli maskaniga aylanib qoldi. Boalalar uchun ushbu oromgohda barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratib berilgani bolalarning marooqli dam olishiga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir.

Mazkur oromgohda har kuni bayram. Tadbir tantanalarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan bolajonlarning ota-onalari ham ular bilan xursandchilik qilishadi.

Kuni kecha tashkil etilgan navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi. Barcha guruh bolalari tuman hokimi va mehmonlarga o’zlari tayyorlagan kontsert dasturini namoyish etishdi.

Mazkur oromgoh xodimi G’oyibjon G’oyibnazarovning so’zlariga ko’ra, tayorlangan barcha chiqishlar bolalarning o’z sa'y-harkatlari bilan sahnaga chiqarildi. – So’x tumanida iste'dodlar juda ko’pa, ularni mana shunday tadbirlar orqali yuzaga chiqarish kerak, - deydi G’oyibjon-domla.

Tadbir jarayonida tuman hokimi barcha bolajonlarni tabriklab, ularga yaxshi dam va xordiq chiqarishni tiladi. Tuman hokimligi nomidan eng faol bolajonlarga yangi kitob va yangi adabiyotlar taqdim etildi.

Darvoqe, oromgohning birinchi mavsumi oxiriga yetdi. Chorshanba kuni, ya'ni 21 iyundan boshlab oromgoh ikkichni mavsumda barcha bolajonlarga o’z bag’rini ochadi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram