Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GRANT KVOTALARI HAQIDA TUSHUNTIRISH

×

 2023-06-19 16:11:21    202

PDF yuklash
Chop etish


Grant kvotalari haqida tushuntirish


Mazkur masalada vazirlik mas'ullari bilan bog’lanib, aniqlik kiritildi.


Ma'lum qilinishicha, Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan 43 ming 783 ta davlat granti kvotasi umumiy tanlov uchun mo’ljallangan. Bunga qo’shimcha ravishda imtiyozli toifalar uchun ajratilgan qo’shimcha grant kvotalari ham bor va bu umumiy kvotaga aralashmaydi.


Masalan:


 Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun umumiy qabuldan 2% li kvota (taxminan 5 mingga yaqin grant);


 Harbiy tavsiyanomalilar uchun qo’shimcha kvota (taxminan 2,5 ming grant);


 Xotin-qizlar uchun 2 mingta kvota;


 Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun umumiy qabuldan 1% li kvota (taxminan 2 mingdan ortiq grant);


 So’xliklar uchun 500 ta kvota;


 Harbiylarning farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta);


 IIO xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 5% li kvota (taxminan 1700 ta);


 Bojxona xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta).


Shu kabi imtiyozli qo’shimcha kvotalar bilan qo’shib hisoblaganda, joriy yilda davlat granti uchun jami 60 mingga yaqin kvota ajratiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram