YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATI TANQIDIY RUHDA TAHLIL ETILDI
2023-06-17 18:08:48 163
Yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etildi
Tuman hokimligi majlislar zalida Farg’ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Fayzulla Qosimov, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Muhammadamin G’aniyev ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tanqidiy ruhdagi ochiq muloqt tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi vakillari, tumanimizda faoliyat olib borayotgan barcha yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 11 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida Respublikamizda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilgan. Mazkur topshiriq va ko’rsatmalarning So’x tumanidagi ijrosi viloyat hokimi o’rinbosari ishtirokida tahlil va muhokama qilindi.
Tumanda Prezident topshirig’iga asosan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o’rganilib, ular 3 toifaga ajratilgani, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlar amalga oshirilayotgani tanqidiy nuqtai nazardan muhokama qilindi. Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi, mahalaldagi yoshlarga biriktirilgan korxona-tashkilot rahbarlari va barcha mutasaddilarga ushbu yo’nalishda ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan qat'iy vazifa va ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram