Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2023 YIL G’ALLA HOSILI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-06-17 16:37:26    85

PDF yuklash
Chop etish


2023 yil g’alla hosili uchun seminar tashkil etildi

So’xning iqlimi va ob-havosi viloyatimizning boshqa hududlaridan anchagina farq qiladi. Misol uchun, viloyatimiz markazida pilla hosili yig’ishtirib olinsa, So’xda ushbu mavsumga start beriladi. Ya'ni ob-havo sharoiti o’zgacha bo’lgan tumanimizda qishloq xo’jaligi yumushlari ham bir oyga kechikib boshlanadi.

Bugun tumanimizda pilla yig’im-terimi avjida. “Kumush tola” ijodkorlari zimmalaridagi rejani bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

Dalalarda parvarishlanayotgan g’allaning yig’im-terimiga ham oz fursat qoldi. Quvonarlisi, seryog’in kelgan oxirgi hafta qishloq xo’jaligi mahsulotlariga zarar yetkazgani yo’q.

Bugun “Ozod” shirkat xo’jaligi hududida bo’lib o’tgan seminarda g’alla yig’im-terimiga tayyorgarlik ko’rish ishlari muhokama va tuhlil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi g’alla hosilini nest-nobud qilmasdan yig’ishtirib olishga biriktirilgan otryadlar a'zolariga bu bo’yicha qat'iy ko’rsatmalar berdi.

Mavjud yig’im-terim kombaynlari va g’allani tashishga mo’ljallangan texnikalar texnik ko’rikdan o’tkazilib, mavsumga shay qilib qo’yilgan. G’allakorlarimiz bu yili 500 gektar yer maydoniga ekilgan g’alla hosilidan jami 1 381 tonna, shundan 1 181 tonna tovar don va 200 tonna urug’lik don olishni o’zlariga reja qilib olganlar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram