Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIY SHAXMATCHILARGA QIMMATBAHO SOVG’ALAR TAQDIM ETILDI

×

 2023-06-16 16:54:46    179

PDF yuklash
Chop etish


Nuroniy shaxmatchilarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi 92-sonli “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorini amalda tatbiq etish maqsadida tumanimizda arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga ko’tarish va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida tumanda nuroniylar ishtirokida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.


Tuman faxriylarni qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan shashka va shaxmat musobaqalarida tuman mahallalaridan mazkur sport turining ashaddiy muxlislari – nuroniylar ishtirok etdilar. Mazkur musobaqa g’oliblarini taqdirlash marosimi Soybozor mavzesidagi “Ma'naviyat va ma'rifat maskani” - “Otalar choyxonasi” da bo’lib o’tdi.


Taqdirlash marosimida tuman hokimi ishtirok etib, barcha ishtirokchilar va g’oliblarni tabriklab, bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish lozimligini ta'kidlab o’tdi. Tadbir davomida eng faol shashka va shaxmatchilarga musobaqa tashkilotchilari, tuman hokimligi va O’zbekiston xalq-demokratik partiyasi tuman bo’limining esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram