Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAYROQ MASSIVIDA HAM SEL OQIMLARI KUZATILDI

×

 2023-06-15 18:51:44    158

PDF yuklash
Chop etish


Qayroq massivida ham sel oqimlari kuzatildi

Tumanimizning Qayroq massivida ham kecha kuchli yomg’ir yog’ishi natijasida sel kelib, yangi o’zlashtirilayotgan yerlar hududida bu holat kuzatilgan. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi mutasaddilarining ma'lumotiga ko’ra, Qayroq massividagi tog’ va adirliklarga kuchli jala-yomg’ir yog’ishi natijasida soat 21:45 da soniyasiga 1-1.5 kub-metr hajmida sel oqimlari vujudga kelgan va yangi o’zlashtirilayotgan yerlar hamda tomchilab sug’orishga mo’jallangan yerlarga qisman zarar yetkazgan.

Ayni damda mazkur hududda ham mutasaddi tashkilot va korxonalar vqakillari tomonidan amaliy ishlar qilinayotir. Sel oqimlaridan zarar ko’rgan hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram