TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA “HUQUQIY AKTSIYA” DOIRASIDA TADBIR O’TKAZILDI
2023-06-14 16:49:23 126
Tuman tibbiyot birlashmasida “Huquqiy aktsiya” doirasida tadbir o’tkazildi
Ayni kunlarda respublikamiz hududlarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi ostida “Huquqiy aktsiya” tadbirlari o’tkazilmoqda. Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad fuqarolarimizni qonunchilikdagi yangilalardan xabardor etish va ularni huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
Bugun So’x tuman adliya bo’limi tomonidan tumanimiz tibbiyot birlashmasida “Huquqiy aktsiya” doirasida “Huquqingizni bilasizmi” mavzudagi tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi va hududlardagi tibbiyot maskanlarida faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarov, bosh maslahatchi Ilhomjon Madaminov va yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i O’ktamjon Ergashevlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, yangi tahrirdagi mehnat Kodeksi va Kodeksga kiritilgan yangi qonun normalari, ularni qo’llanishi yuzasidan tushuntirishlar berib o’tildi.
Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda ishtirokchilardan tushgan savollar va murojaatlarga tegishliligicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram