Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-06-14 11:34:08    142

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Eshitishimcha yangi kodeksda ish turlari to’g’risida qonun normalari belgilangan ekan va shulardan biri VAXTA usuli to’g’risida ma'lumot bersangiz

 

Javob: O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi mehnat kodeksining 465-moddasiga ko’ra, vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta'minlash imkoni bo’lmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir.

Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish ob'ektlarini, ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni qurish, ta'mirlash yoki rekonstruktsiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo’lgan hududlarda ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanilishini ta'minlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qo’llaniladi.

Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish ob'ektida bo’lish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar o’rtasida dam olishini ta'minlash uchun mo’ljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat bo’lgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi to’lanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi.

Agar vaxta ob'ektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni o’z doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega bo’lsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.

Ishning vaxta usulini qo’llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Ishni vaxta usulida tashkil etish to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram