Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 248 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIIY OFAT OQIBATLARI BARCHA KUCH VA VOSITALAR ORQALI BARTARAF ETILYAPTI

×

 2023-06-13 18:10:03    84

PDF yuklash
Chop etish


Tabiiy ofat oqibatlari barcha kuch va vositalar orqali bartaraf etilyapti

Bugun ertalab tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida tumanimizning Malbut, Umbara va Devayron mahallalarida bo’lishib, yuzaga kelgan tabiiy ofat tufayli zarar yetgan hududlarni ko’zdan kechirishdi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tashkil etilgan va shtab tarkibiga kiruvchi tuman faqulodda vaziyatlar bo’limi, tuman SEOM vakillari, tuman yong’inga qarshi kurash bo’limi xodimlari, tuman yo’lsozlik idorasi ishchi-xodimlari, tuman aloqa bo’limi, elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari barcha texnika vositalari bilan va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari aholi xonadonlari va hududdagi korxona-tashkilotlarga kirib, tabiiy ofat oqibatlari va yetkazilgan zararni o’rgandilar.

Hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumiy o’rta ta'lim maktablari ko’zdan kechirildi va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha soha mutasaddilariga kerakli ko’rsatma va vaziflar berildi. Aytish lozimki, yuzaga kelgan tabiiy ofat asosan hududdagi magistral yo’lga zarar yetkazgan va salkam 200 metr masofdagi yo’llar ko’chki oqibatida shag’al bilan to’lib ketgan.

Barcha texnika va zaruriy kuchlarni safarbar etgan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilib, ko’chaga to’lgan shag’allar olib ketilmoqda. Shuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlari maydonlari va bog’lar ham ko’zdan kechirildi.

Mahallada yashovchi nuroniy otaxon, 90-yoshli Olimjon Karimovning so’zlariga ko’ra, mahaladagi asosiy sel yo’lini eski joyiga ko’chirish lozim. Suv ta'minoti sohasida ishlagan nuroniy otaxonning aytishicha, oldingi yillar eski sel yo’li orqali yuzaga kelgan suv oqimlari aholiga umuman zarar yetkazmagan.

Ayni damda mahallada sel oqimlari tufayli zarar ko’rgan barcha hududlar tozalanmoqda. Aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilib, SEOM vakillari tomonidan turli kasalliklarni oldini olish maqsadida zararsizlantirish va dezinfektsiya ishlari amalga oshirilayotir va yetkazilgan zarar miqdori ham hisob-kitob qilinyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram