O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRI SO’X TUMANIDA
2023-06-13 17:30:11 133
O’zbekiston Respublikasi transport vaziri So’x tumanida
Bugun tumanimizga O’zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Rustamovich Mahkamov tashrif buyurdi. Tuman aerodromida mehmonni tuman hokimi va boshqa mutasaddi rahbarlar kutib oldilar.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad tumanda aholiga transport orqali xizmat ko’rsatish ko’lamini kengaytirish, sohadagi muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishdan iborat edi. Transport vaziri va tumanimiz mutasaddilari bu bo’yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil etib, kelajakda qilinishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan suhbat qilishdi.
So’x televizion studiyasi ijodkorlari bilan suhbat chog’ida O’zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov tumanga samolyotlar katnovini muntazam yo’lga qo’yish, mahallalar ichida aholiga tarnsport orqali xizmat ko’rsatishni, ya'ni mahallalararo avtobus qatnovini yo’lga qo’yishni asosiy reja qilib olganligi va bu bo’yicha tegishli mutasaddilarga ko’rsatmalar berilganini ta'kidladi. Vazirning so’zlariga ko’ra, yaqin orada fuqarolar O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasi orqali ID-karta orqali o’tishlari mumkin bo’ladi va bo’yicha tizimli ishlar olib borilayotir.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Qirg’iziston bilan chegarani ID-karta orqali kesib o’tish to’g’risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi hujjatni imzolagan edi va 3 may kuni Qirg’izistonning Jogorku Keneshi «Qirg’iziston hukumati va O’zbekiston hukumati o’rtasida fuqarolarning o’zaro sayohati to’g’risida 2006 yil 3 oktyabrdagi Bitimga o’zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini qabul qilgan edi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram