YANGI OCHILGAN STOMATOLOGIYA BO’LIMI XALQ XIZMATIDA
2023-06-13 17:27:10 163
Yangi ochilgan stomatologiya bo’limi xalq xizmatida
Respublikamizda tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida aholining sog’ligi va uni himoyalashdek asosiy maqsad mujassam. So’x tumanida ham mazkur sohaga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, tuman tibbiyot birlashmasida yangi bo’limlar ochilib, xususiy klinikalar soni ham ko’payib bormoqda.
Tumanning 4-sektori hududi, Zangat mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “Tabobati Shohsanam” oilaviy korxonasida asosan ginekologiya yo’nalishida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Tadbirkor Vositjon Mirzojonovning so’zlariga ko’ra, mazkur klinikada ayollar va xotin-qizlarga ambulator diagnostika, maslahat va konservativ davolash, ultratovush tekshiruvi, klinik laboratoriya orqali tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi.
Ayni kunda mazkur klinikada yangi stomatologiya bo’limi ham ish boshladi. Mazkur bo’limda kattalar va bolalarga yetakchi mutaxassislar tomonidan xizmat ko’rsatilib, terapevtik stomatologiya, ambulator diagnostika, maslahat va konservativ davolash yo’lga qo’yilgan.
Endilikda tumanimiz aholisi ko’p mablag’ sarflab, viloyat markaziga borib turmasdan, tumanning o’zida yetakchi mutaxassislardan tibbiy maslahat olib, davolanishlari mumkin bo’ladi. Bu albatta, vaqt va mabalag’ni tejashga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram