JARAYON
2023-06-13 08:12:39 122
Jarayon
Kecha yuzaga kelgan kuchli yog’ingarchilik tufayli tumanimizning Hushyor, Qaqir, Malbut, Umbara mahallalariga sel kelgan va tashkil etilgan tezkor guruh tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha mazkur hududda o’rganishlar olib borildi. Ayniqsa, Malbut sel yo’lida amalga kelgan sel oqimi bir soniyada 25 kub-metrga yetgan.
Shuningdek, Devayron mahalla fuqarolar yig’inidagi Umbara qishlog’i hududidagi So’x-Rishton magistral yo’lini tabiiy ofat tufayli shag’allar to’sib qolgan. Qariyb 100 metr masofadagi yo’lni tosh va shag’allardan tozalash maqsadida barcha texnika va kuchlar safarbar etildi.
Bugun ertalab tabiiy ofat oqibatlarini o’rganish maqsadida tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda bo’lishib, yetkazilgan zarar oqibatlari o’rganilmoqda va yuzaga kelgan yo’ldagi nosozliklar bartaraf etilayotir. Bugun mazkur hududlarda xonadonbay yurish orqali tabiiy ofat oqibatlari o’rganiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram