BERILAYOTGAN E'TIBOR ZAMIRIDA FUQAROLARIMIZNING MANFAATI MUJASSAM
2023-06-12 10:44:03 121
Berilayotgan e'tibor zamirida fuqarolarimizning manfaati mujassam
Tumanimizda tadbirkorlik rivojiga berilayotgan e'tibor zamirida eng avvalo, yoshlarni ish bilan ta'minlash mujassam bo’lsa, ikinchidan, tuman ishlab chiqarish salohiyatini ko’tarish kabi ezgu maqsadlar yotadi. Buni tumanimizda “To’ronbank” mablag’lari orqali tashkil etilgan issiqxonalar majmui faoliyatidan ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.
“Farruxu Farmonbek savdo” MChJ rahbari Firdavs Metinovning so’zlariga ko’ra, berilayotgan e'tibor bugun tadbirkorlarimizning manfaatiga xizmat qilmoqda. 50 sotix yer maydonida issiqxona barpo etgan tadbirkor bugun qilingan halol mehnati tufayli daromad olishga ham muvaffaq bo’layotir.
Loyiha qiymati 1 milliard so’mni tashkil etgan ushbu loyiha asosida tadbirkorlarimiz bugun astoydil harakat qilishmoqda. Issiqxonalarning yillik qudrati, ya'ni ishlab chiqarish salohiyati 40 tonnani tashkil etadi.
- Bankdan 550 million so’m imtiyozli kredit olganmiz. 450 million so’m mablag’ o’z hisobimizdan. Issiqxonada asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari – pomidor va bodiring yetishtiramiz. Bir yilda har bir ziroatdan ikki marotaba hosil olamiz Eng asosiysi, o’z mahsulotlarimiz bilan ichki bozorlarni to’ldirib, eksportga ham mahsulot chiqaryapmiz. Galdagi maqsad mahsulotlarni qayta ishlash uchun mini tsexlar tashkil etish, - deydi tadbirkor biz bilan suhbatda.
Darhaqiqat, agar tadbirkor o’z maqsadiga erishsa, tumanimiz iqtisodiy iqtidoriga ham o’z hissasini qo’shgan bo’lardi. Darvoqe, mazkur majmuada 8 nafar yoshlar – 4 nafar doimiy va 4 nafar mavsumiy ishlarda ishlaydiganlarning bandligi ta'minlangan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram