Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANINING 40 NAFAR FUQAROLARI HAJ SAFARIGA JO’NAB KETISHDI

×

 2023-06-10 15:24:22    149

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanining 40 nafar fuqarolari haj safariga jo’nab ketishdi


Islom dinidagi farzlardan biri haj safarini ado etish amali hisoblanadi.  Minglab vatandoshlarimiz qatori bugun So’x tumani fuqarolari ham yaratib berilgan sharoitlar bois muborak haj safariga jo’nab ketishdi.

 

So’x tumanining barcha 27 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridan tavsiya etilgan 40 nafar fuqarolar bilan safar oldidan tuman markazidagi “Inoyatulloh” jome masjidiida uchrashuv tashkil etildi. Tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha nomzodlarni tabriklab, haj ziyoratini o’rnatilgan tartib-qoidalarga mos ravishda ado etib Vatanga eson-omon qaytib kelishlarini tiladi.


Tadbir davomida tuman hokimligi haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tashkiliy guruh a'zolari, bevosita ziyoratchilar guruhiga biriktirilgan rahbarlar tomonidan ziyoratchilarga haj ziyorati davomida rioya etilishi shart va zarur bo’lgan tartib va qoidalar haqida tushuntirishlar berishdi.


Tadbirdan so’ng barcha ziyoratchilarni tuman hokimligi, ularning oila a'zolari kuzatishdi. Tashkil etilgan avtobuslar orqali bu yilgi haj ziyorati baxtiga musharraf bo’lgan vatandoshlarimiz viloyatimiz markazi tomon yo’l oldilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram