BILASIZMI?
2023-06-10 15:01:14 112
Bilasizmi?
Fuqarolik Kodeksining 1157-moddasiga binoan vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar bo’lmasa yoki merosxo’rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo’lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo’lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi hokimlik yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining arizasi bo’yicha meros ochilgan kundan 3 yil o’tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi.
Meros mol-mulk, agar uni qo’riqlash va boshqarish bilan bog’liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko’rsatilgan muddat o’tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mulkiga o’tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o’tadi.
M. Qodiraliyev - Rishton tuman adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram