Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRON MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA ICHKI KO’CHALAR QISHLOQ INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI DOIRASIDA ASFALTLASHTIRILMOQDA

×

 2023-06-10 14:53:04    143

PDF yuklash
Chop etish


Devayron mahalla fuqarolar yig’inida ichki ko’chalar qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida asfaltlashtirilmoqda


Hududlarda, ayniqsa, respublikamizning chekka va olis qishloqlarida 2020-2024 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzlimasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish guruhi” tomonidan ishlab chiqiligan loyihalar asosida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan va ushbu loyihalar asosida bizning tumanimizda ham amaliy ishlar qilinayotir.


Mazkur loyihalar Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi va loyihaning asosiy maqsadi qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloq hayotiy faoliyatini ta'minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.


Ayni kunda mazkur loyiha asosida tumanimizning Devayron mahalla fuqarolar yig’inidagi barcha ichki ko’chalarda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur mahallada umumiy uzunligi 4 kilometr 700 metr bo’lgan masofadagi ichki ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqiziladi.


Loyiha qiymati 1 670 000 000 so’mni tashkil etadi. Qurilish ishlari “Guzari omadi Lazina” xususiy firmasi ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilayotir.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram