SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-06-10 10:50:54 124
Savol bering, javob beramiz
Savol: Homiladorlik va tug’ish ta'tili qanday ta'til turiga kiradi, shunga tushuncha bersangiz?
Javob: O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi mehnat kodeksida Homiladorlik va tug’ish ta'tili-ijtimoiy ta'til turiga kiradi hamda shu kodeksning 404 moddasida, ya'ni ayolga tug’ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug’ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug’ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug’ish ta'tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o’rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo’lmagan miqdorda nafaqa to’lanadi.
Homiladorlik va tug’ish ta'tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug’ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat'iy nazar, to’liq beriladi.
Homiladorlik va tug’ish nafaqasini tayinlash hamda to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram