Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QIZIL TOIFA” GA KIRITILGAN YOSHLAR MUAMMOLARI O’RGANILMOQDA

×

 2023-06-09 08:57:05    186

PDF yuklash
Chop etish


“Qizil toifa” ga kiritilgan yoshlar muammolari o’rganilmoqda

Hududlarda, sektorlar rahbarlari ishtirokida uyma uy yurish va tahlillar orqali “qizil toifa”ga kiritilgan yoshlarga har tomonlama yordam berish bo’yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Yoshlar bandligini ta'minlash, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 1-sektor hududida xonadonma xonadon borilib, ular bilan suhbat o’tkazilib mavjud muammolarini hal etish buyicha bevosita sektor rahbari boshchiligida chora--tadbirlar belgilanmoqda.

Tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh 1-sektor hududidagi mahallalarda bo’lib, bevosita mahalla beshligi bilan birgalikda “qizil toifa”dagi yoshlar bilan uchrashdi va ularning muammo va kamchiliklarini o’rgandi. O’rganish davomida fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Ma'lumot uchun: 1-sektor hududida shu kungacha  “Yoshlar daftari” ro’yxatidagi 30 nafar fuqarolarga 52 314 million so’mlik yordam ko’rsatildi. Shundan, 16 nafar fuqaroga 37 million so’mlik kontrakt to’lovi, 2 nafar fuqaroga 5,5 million so’mlik mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog’liq xarajatlari, 8 nafar fuqaroga 2,2 million so’mlik biometrik pasport to’lovi bilan bog’liq xarajatlari, 1 nafar fuqaroga 1,2 million so’mlik avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlari, 1 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 1,2 million so’mlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 2 nafar fuqaroga 5, 278 million so’mlik ko’mak berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram