Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2023-06-08 16:38:27    112

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar

“Davlat mulkini boshqarish to’g’risida”gi 821-sonli qonun 2023-yil 9-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mulkiga bo’lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko’ra ham yuzaga keladi:

shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;

mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig’imlar bo’yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo’yicha hisoblangan dividendlarni xo’jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo’li bilan ulushni olishda;

sud qarorlari asosida.

Qonunga ko’ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

O’zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi;

moddiy madaniy meros ob'ektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog’lari;

Davlat mulkini boshqarish sub'ektlari quyidagilardan iborat:

Vazirlar Mahkamasi;

Agentlik;

maxsus vakolatli davlat organlari;

davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Davlat mulki reestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o’tgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi to’g’risidagi yig’ma hisobotni o’z rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.

M. Qodiraliyev - Rishton tuman adliya bo’limi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram