Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-06-07 19:32:37    131

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

“Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2023-yil 11-martda Prezident PQ–92-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2023 yil 1 apreldan “Nuroniy” jamg’armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

“Bir nuroniy o’n yoshga mas'ul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

“Nuroniy har bir oilaga mas'ul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan a'zolari biriktiriladi.

“Bir nuroniy o’n yoshga mas'ul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga mas'ul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamg’armasi mablag’lari hisobidan rag’batlantirib borish tizimi joriy etiladi.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so’m) miqdorida rag’batlantirib borilishi belgilandi.

 

M. Qodiraliyev - Rishton tuman adliya bo’limi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram