XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATINI YUKSALTIRISHGA DOIR SEMINAR O’TKAZILDI
2023-06-07 19:29:52 123
Xotin-qizlar faollari faoliyatini yuksaltirishga doir seminar o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko’tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o’rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 300-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda turli tadbir, davra suhbatlari va seminarlar o’tkazilmoqda.
Bugun ushbu qaror ijrosini ta'minlash va ushbu hujjat mazmun-mohiyatini mutasaddilarga yetkazish, qaror asosida olib borilayotgan ishlarni ommalashtirish maqsadida Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida amaliy seminar bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda tumanimizda faoliyat olab borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova ishtirokchilarga qaror mazmun-mohiyati va uning maqsadlari, printsiplari haqida to’liq ma'lumot berdi. So’ng tadbirda Qal'acha mahalla xotin-qizlar faoli Sayramxon Turg’unaliyeva qarorga doir amalga oshirilayotgan ishlarini ishtirokchilarga turli vositalar orqali tushuntirib berdi.
Mazkur tadbirda mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga "oilabay" yondashuv tizimini joriy etish, ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, bunga javobgar bo’lgan barcha mutasaddilarning mas'uliyatini kuchaytirish hamda xotin-qizlarni kasbga o’qitish tizimini yanada jadallashtirish, aniqlangan muammolarni "Mahallada ijtimoiy xizmat" modulida kiritish bo’yicha qilingan ishlar yuzasidan ham to’liq tushuntirishlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram