Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLAR MUROJAATLARI IMKONIYAT DOIRASIDA IJOBIY HAL ETILMOQDA

×

 2023-06-07 19:28:24    74

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolar murojaatlari imkoniyat doirasida ijobiy hal etilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Mazkur qabulda fuqarolar o’zlarini qiynayotgan muammolar xususida tuman hokimiga murojaat etdilar.

Qabulda 29 ta murojaat tinglandi va 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etib berildi. 2 ta murojaatga huquqiy maslahat berilib, tushuntirildi. Qolgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli rahbarlarga yo’naltirildi.

Murojaatlarning asosiy qismini oilaviy ahvoli og’irligi tufayli moddiy yordamga muhtojlik masalasi tashkil etdi. Jumladan, tuman hokimi topshirig’i bilan Hushyor mahalalsining Sebeda mahallasida yashovchi fuqaro Safoxon To’ychiyeva xonadoni tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonova va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Usmonjon Mamadaliyevlar tomonidan o’rganildi.

Haqiqatan ham mazkur fuqaroning turmush o’rtog’i falokat tufayli bugun kasallik yostig’iga mixlanib qolgan va bu fuqaroga tibbiy maslahat va tibbiy yordam ko’rsatilib, bepul davolanish uchun yo’llanma beriladigan bo’ldi. 4 nafar farzandi bor bu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram