YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR ISHLAR OLIB BORILYAPTI
2023-06-06 18:11:10 125
Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga doir ishlar olib borilyapti
Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 11 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida Respublikamizda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilgan. Ushbu topshriqlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan ishlar tumanimizning adliya tizimi vakillari ishtirokida amalga oshirilayotir.
Guliston mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan o’rganishlar tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarov hamda So’x tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazining sho’'ba mudiri Abdumannon Umridinovlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Mahalla yoshlar ishlar etakchisi Mehruddin Muxtorovning so’zlariga ko’ra, mahallada Prezident topshirig’iga asosan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o’rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
O’rganishlar davomida mahallada doimiy yashaydigan, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Yoshlarning ota-onalari bilan ham muloqot qilinib, muammolari o’rganildi.
Ta'kidlash lozim, yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. O’rganishlar jarayonlari har bir hududda amalga oshiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram