DEPUTATLIK GURUHI TASHABBUSI BILAN MANSABDOR SHAXS ESHITUVI TASHKIL ETILDI
2023-06-06 18:08:10 117
Deputatlik guruhi tashabbusi bilan mansabdor shaxs eshituvi tashkil etildi
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashida O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhini ish rejasiga asosan mansabdor shaxs eshituvi bo’lib utdi. Mazkur tadbirda deputatlardan Amirali Safarov, Utkirjon Boltaboyev, Masudjon Jumayev va tuman “Adolat” SDP raisi Suhbatjon Domulloyevlar ishtirok etdilar.
Deputat Subhonali Nshonov raislik qilgan mazkur tadbirda tuman tibbiyot birlashmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4798-sonli qarori hamda dasturlar asosida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Bu bo’yicha tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Usmonjon Mamadaliyev ma'lumot berdi.
Joriy yil tumanimiz tibbiyot birlashmasiga uch milliard yetti yuz million so’mlik jihozlar olib kelingani, Sharqobod va Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida yangi oilaviy shifokorlik punktlari qurib, foydalanishga topshirilgani va tuman markaziy shifoxonasida bemorlar uchun barcha qulayliklar yaratilganligi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i tomonidan qayd etib o’tildi.
Tadbirda Yangiariq okrugidan saylangan deputat Amirali Safarovning ham mazkur mahallada qishloq vrachlik punkti qurilishi rejaga kiritilganligi va bu ishlar haligacha boshlanmaganligi xususidagi murojaatiga mazkur loyiha 2024 yilgi dasturga kiritilganligi haqida ma'lumot berildi.
Sohaga doir bo’lgan ko’pgina masalalar – tuman tibbiyot birlashmasida shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limi, kislorod stantsiyasi tashkil etilishi kelgusi sessiya kun tartibiga kiritilishi bo’yicha takliflar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram