BIR YOQADAN BOSH CHIQARIB
2023-06-05 19:03:20 126
BIR YoQADAN BOSh ChIQARIB
MIB Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining tashabbusi bilan Byuroning Yozyovon, Farg’ona, O’zbekiston va Buvayda tuman bo’limlarida joriy yilning 3 iyun kuni amaliy yordam tadbirlari o’tkazildi.
O’tkazilgan amaliy yordam tadbirlari natijasida jami 1382 ta 379,3 mln. so’mlik ma'muriy jarima va davlat bojlari undirildi.
Shuningdek, 436 nafar qarzdorlarga ogohlantirishlar berildi.
Ijro harakatlari davomida 8 ta avtotransport va 16 ta maishiy texnika vositalari hatlandi.
Xususan, yo’l harakati qoidalarini 19 marta buzib, 4.172 so’mlik ma'muriy jarimalarni to’lashdan bo’yin tovlab kelayotgan Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro M.T.ga tegishli bo’lgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi tadbir davomida hatlanib, jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan vaqtda qarzdor barcha jarimalarni bartaraf etganligi sababli mashina egasiga qaytarilib,.19ta ijro hujjati amalda tamomlandi.
Asosiysi 6 ta oila yarashtirilib, 13 nafar bolalar ota-onalari bag’riga qaytarildi.
Tadbir yakuniga ko’ra barcha “Daftarlar”ga 189.6 mln. so’mga yaqin mablag’ taqsimlanishi kutilmoqda.
Tadbir davomida faollik ko’rsatgan davlat ijrochilariga bo’limning esdalik sovg’alari topshirildi.
MIB So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram