Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIYLAR HAMKORLIGIDA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2023-06-05 18:48:14    169

PDF yuklash
Chop etish


Harbiylar hamkorligida tadbir o’tkazildi

Farg’ona viloyati So’x tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tumanimizda joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy qism hamda Istiqlol mahalla yoshlar yetakchisi Ahmadjon G’oyibov tashabbusi bilan konsert dasturi tashkil etildi.


Tashkil etilgan mazkur tadbirda mahallaning yosh san'atkorlari va san'at g’unchalari o’z qo’shiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag’ishlashdi. Ayniqsa, yosh xushovoz xonanda Nodirbek Muminov tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi.


- Yoshlar oyligi doirasida bu kabi tadbirlarni reja asosida muntazam o’tkazamiz. Asosiy maqsad yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdan iborat, - deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Ahmadjon G’oyibov.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram