Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQ TIZIMIDAGI YANGILIKLARDAN XABARDORMISIZ?

×

 2023-06-05 18:24:13    160

PDF yuklash
Chop etish


Soliq tizimidagi yangiliklardan xabardormisiz?

        “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi (10.05.2023-yildagi O’RQ-841-son) qonuni yuzasidan yangiliklarni to’liq tushuntirib beramiz.

        2023-yil 10-may kuni “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-841-sonli qonuni imzolandi.

        Keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishning yangi mexanizmlari joriy etildi. Shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to’sqinlik qilganlik hamda xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

        Biroq bugungi kunda tadbirkorlik subektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag’larini o’z vaqtida qaytarmaslik hollari mavjud bo’lib, bunday hollar uchun esa javobgarlik choralari aniq belgilanmagan.

        O’RQ-841-sonli qonun bilan tadbirkorlik subektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o’tkazganlik yoki olib qo’yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag’larni o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga tegishli qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi.

        Ushbu Qonun tadbirkorlik subektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy choralarini kuchaytirishga va ularning mulkiy huquqlari daxlsizligini huquqiy jihatdan himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

        O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining19212-moddasi - Pul mablag’larini qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ularni o’z vaqtida qaytarmaslik.

        Tadbirkorlik sub'ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag’larini o’z vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

        O’sha harakatlar:

        a) ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

        b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

        O’sha harakatlar:

        a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

        b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

        Etkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo’llanilmaydi.

        Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 2419-modda bilan to’ldirildi.

        2419-modda. Pul mablag’larini qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ularni o’z vaqtida qaytarmaslik.

        Tadbirkorlik sub'ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag’larini o’z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishligi belgilandi.

        Faridjon To’raboyev – So’x tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram