Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-06-03 18:40:05    183

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz


Savol : O’n ikki yoshga to’lmagan bolalarning yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o’rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan haq to’lanadigan qo’shimcha ta'til to’g’risida ma'lumot bersangiz


Javob:Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 237 moddasining 6 qismi xamda 401 moddasi talablariga asosan: 


o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o’rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to’rt kalendar kun bo’lgan haq to’lanadigan qo’shimcha ta'til beriladi.


Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta'til yillik mehnat ta'tiliga qo’shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to’liq yoxud qismlarga bo’lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. 


Ushbu ta'tilni keyingi ish yiliga ko’chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram