Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOJIKISTON RESPUBLIKASI ELCHISI QAYROQ MASSIVIDAGI ISHLARNI KO’ZDAN KECHIRDI

×

 2023-06-02 18:33:10    85

PDF yuklash
Chop etish


Tojikiston Respublikasi elchisi Qayroq massividagi ishlarni ko’zdan kechirdi

Davlatimiz rahbarining alohida e'tibori asosida So’x tumanida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish va yangi ochilgan yerlarni aholiga ajratib berish orqali ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar bugun o’zining natijalarini bermoqda. Qayroq massivida ham bugun Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida salkam 1 500 gektar yer maydonini o’zlashtirishga oid amaliy ishlar olib borilayotir.

2022 yilda hududda ikki ko’tarmali “Qayroq” nasos stantsiyasi qurilib, 211 metr balandlikka obihayot chiqarildi. Natijada Qayroq massividagi 1 440 gektardan ziyod yaylov yerlar o’zlashtirilib, foydalanishga kiritish imkoni yaratildi. Hozirda o’zlashtirilayotgan maydonning dastlabki 200 gektarida malina plantatsiyasi uchun maydon hozirlash ishlari yakuniy bosqichga kirdi.

Mazkur hududda bo’lgan Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda mutasaddilar bilan mazkur ulkan bunyodkorlik ishlari yuzasidan suhbat qildi, amalga oshirilayotgan ishlarning bevosita guvohi bo’ldi. Soha mutasaddilari mehmonlarga o’zlashtirilayotgan yerlar bo’yicha aniq reja va loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlarga doir ma'lumotlar berdilar.

Martabali mehmon tashrif davomida Qayroq mavzesida tashkil etilgan “Mirzoqurbon” MChJ tarkibidagi pishiq g’isht ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi. Korxona rahbari Ozodjon Odilov bilan tadbirkorlarga davlat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar, ishlab chiqqarish hajmi, korxonaning iqtidoriy salohiyati va eksport imkoniyatlari yuzasidan suhbat qildi.

Mazkur korxonada pishiq g’isht ishlab chiqarishning kunlik iqtidori 60 000 donani tashkil etadi. Shuningdek, mazkur korxonada sifatli mebel ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan.

Shundan so’ng mehmonlar tuman aerodromi tomon yo’l oldilar. Ikki kunlik tashrif juda samarali o’tganligini ta'kidlagan Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda samimiy mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ikki tomon bir-birlariga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etdilar. Shundan so’ng mehmonlar samolyotga o’tirib viloyatimiz markazi tomon yo’l oldilar. Samarali natijalarga boy bo’lgan mazkur tashrif shu bilan yakun topdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram