Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 198 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI SO’X TUMANIDA

×

 2023-06-02 18:26:25    77

PDF yuklash
Chop etish


Bolalarni himoya qilish kuni So’x tumanida

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Farg’ona vodiysining jannatmakon go’shasi – Sux tumanida ham turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, bayram dasturlari tashkil etilib, o’tkazildi.


Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida barpo etilgan “Do’stlik” istirohat bog’ida tashkil etilgan tadbir chinakamiga katta tantana va shodiyonaga aylanib ketdi.


Tadbirda so’z olganlar o’z so’zlarida yurtboshimiz rahnamoligida bolalarga ko’rsatilayotgan e'tibor, sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilayotgan yuksak g’amxo’rlik ta'kidlab o’tildi.


“Do’stlik” istirohat bog’idagi barcha attraktsionlar bolajonlar ixtiyoriga berilib, xalq sayliga aylanib ketgan bayram tadbiri barcha bolajonlarga katta quvonch bag’ishladi.

“Yangi O’zbekistonning baxtiyor bolalari!”. Ushbu shior ostida bo’lib o’tgan tadbirda tumanimizning aksariyat maktabgacha ta'lim muassasalaridan bolajonlar tashrif buyurib, o’zlarining ko’y-qo’shiqlari va ajoyib raqsalari bilan tadbir fayziga o’zgacha fayz va tarovat bag’ishlashdi.

 

Tadbir tashkilotchilari tomonidan bolajonlarga sovg’a-salomlar ulashildi. Haqiqiy tantanaga aylanib ketgan tadbir barcha ishtirokchilar qalbida katta taassurot qoldirdi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram